Qanday yo‘l tutay?
Assalomu alaykum! Bundan 2yil oldin farzandimni dunyoga keltiriboq Alloh iymon berib hijobga o‘randim. Xo‘jayinim, qaynona-qaynotam evropalashgan oila. O‘ranganimni ko‘riboq echasan deyishga tushishdi. Echmadim. 3-4kun o‘tib yo echasan yo hovlidan ketasan dedila qaynotam bilan qaynonam. Erim ham ular taraf bo‘ldi. Men narsalarimni yig‘ishtirib onamnikiga bolam bilan ketdi. Oradan 4 oy o‘tib erim bizni olib ketishga keldi. Faqat ro‘molingizni echasiz dedi, yana yo‘q dedim. Qaynonam bilan qaynotam echib bizni aytganimizni qilmagani uchun kechirim so‘ramasa hovliga kelmasin deyishibdi. Uy ijaraga olib alohida yashay boshladik, lekin qancha qilmay erimni namozga kirgiza olmadim, majbur ro‘molimga ko‘nikdilar. 1yil o‘tib Alloh baraka berib o‘zimiz pul yig‘ib, uy sotib oldik. Mana endi erim hovliga ketamiz ota-onam bilan o‘sha erda yashaymiz deb turib olgan. Men yo‘q o‘zimizni uyimizda yashaymiz deyapman. Qanday yo‘l tutay? Agar ularni hovlisiga borsam 1-dan qaynakam hovliga juda tez--tez kelib 2 kunlab yuradilar. Hovlida doim hijobda yurishga majbur bo‘laman. Axir men ham odammanku o‘z uyimda erkin bo‘lishim kerakku. 2-dan ro‘molim bilan ularni ko‘ziga juda xunik ko‘rinaman, doimiy ularni qovog‘iga qarashga majbur bo‘laman. Stress, tushkunlikka tushishdan qo‘rqaman. Xojatga chiqish uchun ham, oshxonaga chiqish uchun ham o‘ranishga majbur bo‘laman. Nima qilay axir o‘z uyim bor, o‘sha erda yashashni xohlayman. Lekin erimni roziligichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alohida turaman deyishga shar’an haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alohida turaman deyishga shar’an haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush