Monopolya

Assalomu alaykum! Bir inson biznes qilsa o‘zi ishlab chiqarsa va chettan kiradigan maxsulotlarni monopolya qilib qo‘ysa, uni natijasida chet el masulotlarini narxi oshib ketsa, maqsad o‘sha ishlab chiqaruvchini maxsuloti yaxshi sotilishi. Sovolim shundey monopolya qilish to‘g‘rimi? Nima uchun insonlar o‘zi yoqtirgan narsasini narxi qimmat bo‘lishi kerak? Ushbu ishlab chiqaruvchini maxsuloti arzon va tez sotilishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda sun’iy narxni oshirish harom amal hisoblanadi. Bu erda boshqa sotuvchilarga zulm qilgandan ko‘ra xalqqa qilgan zulmi og‘irroq bo‘ladi. Odatda bunday ishlar egalari bir gurillab keyin misli ko‘rilmagan xorlikka duchor bo‘lishadi. Oxiratda azob esa undanda og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar