Namoz so‘ralmaydiganlar

Assalomu alaykum! Namoz kimlardan so‘ralmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinni va devonalardan, balog‘at yoshiga etmaganlardan.BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARI
O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:
1. Tushida bulg‘anishi;
2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;
3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.
Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:
1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;
2. Tushida bulg‘anishi bilan;
3. Homilador bo‘lishi;
4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar