Ateist qaerga ko‘miladi

Assalomu alaykum! Uyimizdagi yaqin oila a’zoyimiz o‘zlarini ateist ekanlarini takidlashadi. Lekin juda yaxshi mehribon insonla. Ularga nasixat qilomimiz yoshlari kotta. Savol, ular vafot etsa musulmonlar qabristoniga ko‘msa bo‘ladimi? Islom dini qonun qoidalari asosida janoza, kafanlash ishlarini amalga oshirsa bo‘ladimi? Ateist bo‘lgani haqida imomga aytmasayam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ateist ekanligini o‘zlari tan olsa o‘lsa ularni g‘usl ham qilinmaydi, janoza ham o‘qilmaydi va musulmonlar qabristoniga ko‘milmaydi ham. Tirikligida u odamga bu gaplarni, ya’ni undaylarga dinimiz hukmlari qandayligini aytib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar