Rus tilidagi kitob
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, “Tafsiri Hilol” kitobining rus tilidagi boshqa juzlari nashrga chiqadimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloma shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning barcha asarlarini rus tiliga tarjima qilish muallif tomonidan rejalashtirilgan va boshlab yuborilgan edi. Bu ish hozirda ham jadal davom etmoqda. Jumladan, “Tafsir Xilal” (ruschasi shunday nomlanadi) kitobining navbatdagi juzlari ham deyarli yakuniy bosqichda turibdi. Undan keyingilari ustida ham ish olib borilib, boshqa kitoblar ustida ham ishlanmoqda. Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, bizni shunday zotga zamondosh va vatandosh qildi. Biz atrofimizdagi ko‘pgina yurtlarda o‘z ona tillarida ana shunday dolzarb diniy kitoblar ta’lif qilinmaganligini ham e’tirof qilishimiz kerak. Shuning uchun ham ulardagi diniy ulamolarning aksari uchun ustoz hisoblangan Shayx Hazratlarining kitoblari mazkur davlatlardagi xalqlarning tiliga, hamda ko‘pchilik uchun umumiy bo‘lgan rus tiliga tarjima qilinib, eng avvalo O‘zbekistonda chiqarilib, o‘z vatandoshlarimizga, so‘ng u joylardagi musulmonlarga taqdim qilinib, undan keyin MDH davlatlarida chiqarilmoqda. Katta ilmiy asarlarni boshqa tilga tarjima qilishning o‘ziga yarasha mashaqqatlari borligini ham ta’kidlash kerak. Ayniqsa avvaldan islomiy asarlar deyarli yozilmagan rus tilga tarjima qilish, anchagina izlanishlarni taqozo qiladi. Bu borada malakali mutaxassislar ishlashmoqda. Mazkur savobli ishda hamkorlik qilish niyati va imkoni borlarning takliflarini ham kutamiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 178 | Mediya