10 martta Ixlos surasini o‘qish

Assalomu alaykum! Kim ixlos surasini 10 martta o‘qisa shu odam uchun jannatda bir uy quriladi degan bir ma’lumot o‘qigandim. Shunday xadis bormi? Bulsa xar namozdan keyin shuni odat qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilingan. Fazilatli amallar bobida bunga amal qilinadi va hadisda kelgan savobdan umid qilinadi.   عَنْ سَهْلِ بنِ مُعَاذِ بن أَنَسٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَن رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ((مَنْ قَرَأَ: ﴿ قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ ﴾ [الإخلاص: 1] عَشْرَ مَرَّاتٍ، بنى اللَّهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ))، فَقَالَ عُمَرُ بن الْخَطَّابِ: إِذنْ نَسْتَكْثِرَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ((اللَّهُ أَكْثَرُ وَأَطْيَبُ))؛ رواه الإمام أحمد، Muoz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qul huvallohu ahad” ni o‘n bor o‘qisa, Alloh taolo u uchun jannatda bir uyni bino qiladi” dedilar.
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar