Lo‘lilarning qarg‘ishi

Assalomu alaykum! Do‘stlarim bn parkda edik, bir lo‘li ayol ehson so‘rab keldi. Men bermadim, shunda o‘sha lo‘li ayol Alloh hor qilmasa Allohdan rozimasman dedi. Shu ayolni niyati nima bo‘ladi. Judayam havotrdaman bundaylarni bilaman, boshqa ish qilishsa xam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh bandaning buyrug‘i bilan biror kimsani xor qilishga majbur zot emas. O‘sha ayol o‘ta xatarli so‘z aytgan. Bu bilan dindan chiqib qolish xavfi bor. Sizga esa uning so‘zi tufayli ziyon etmaydi, xavotirga tushmang. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 269 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar