Juma kuni g‘usl qilish sunnati muakkadami?
Assalomu alaykum! 1). Jum’a kuni g‘usl qilish sunnati muakkadami? 2). Sanatoriyalarda yotilganda, fizioterapiyalarga o‘xshagan licheniyalarga chiqiladi va o‘sha erda kindikdan tizzagacha bo‘lgan avrat joylarni ochishga to‘g‘ri kelishi mumkin. O‘sha xonada, licheniyani qiluvchi medsestra yoki shifokor ayoldan boshqa ayollar ham bo‘lsa ularning ham ko‘zi tushishi mumkin bo‘lsa, shunday holatda kindikdan tizzagacha bo‘lgan avratni ochish joizmi? Ularga chiqib turing deyolmaymiz, ular ham licheniya olayotgan bo‘ladid.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sunnati muakkada darajasida emas. 2). Ba’zi bir taqvoni mahkam ushlagan kishilar ham davolanish maskanlarida shu kabi holatga ro‘baro‘ bo‘lishadi. Erkak massajchilar turganida ayollarga murojaat qilishadi. Ba’zi bir onaxonlarni erkak massajchilarga murojaat qilganini ko‘rib afsuslanasan. Ikki jins bo‘lgan odamlar o‘rtada nikoh bo‘lmasa bir biriga qo‘l tekazishlari shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar