Harom ustiga halollik quriladimi
Assalomu alaykum! Ustozlar savolim shuki biror kasb yoki ilm (dunyoviy yoki diniy) olishda asosga harom aralashsa yani birovni haqqi, shu ilmni yoki kasbni orqasidan kelgan hamma rizq haromga aylanadimi? Shunga doir 3ta misol keltiraman: 1-pora berib ishga kirish. Shundoq ish so‘rab borsa ish yo‘q pul bersa ish qilib berildi. Ishga kirish pora bilan, ishda peshona teri bilan ishlaydi. 2-o‘qishni imtihonini pul bilan ishlab tamagirlik qilib kirib u yog‘iga o‘qib diplomni olib, ishga kirib bilimi bilan ishlab pul topsa. 3-bunisi o‘zimga tegishli ishxonada ishlayman. Bir kun ishlamagan kunimga ham qo‘shib haq oldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peshona teri bilan pul topsa va o‘sha ishga loyiq bo‘lsa topgan pulni harom deb bo‘lmaydi. Halol kasb bo‘lishi kerak. Ishlamagan kunning pulini olmasdan qaytarib bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom