Masjidda gapirish haqida

Assalomu alaykum! Meni bir do‘stim masjidda tanishingizni ismini aytib chaqirish xattoki yaxshimisiz deya xol ahvol so‘rash ham man qilingan. Umuman gapirmaslik kerak aks xolda 40 yillik ibodati bekor bo‘ladi degan edi. Bu gaplar rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekor gapni aytibdi. Sahoba roziyallohu anhumlar masjid ichida tarixda bo‘lgan voqe’larni aytib o‘tiriganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni ko‘rib indamaganlar, gohida eshitib tabassum ham qilib qo‘yganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar