Masjiddagi savol

Assalomu alaykum! Aparatda so‘yilgan tovuq halol emasligini shu saytdan bilib olgan edim, keyin shu masalani qishlog‘imiz odamlari ham bilsin deb masjidimiz domlasiga aytdim. Oradan ancha vaqt o‘tdi, domlani odamlarga aytish esidan chiqdi shekilli kuni kecha xufton namozidan oldingi bo‘ladigan maruza oldidan domladan shu masalani savol berib so‘radim (xuftonga yig‘ilgan odamlarga bildirib qo‘yish maqsadida). Domla menga "o‘sha aparatni yurgizishdan oldin Bismillahni aytsa kifoya qiladi" - dedi. Domlani gapini inkor qilomadim, so‘raganimdan afsusdaman, ko‘pchilik noto‘g‘ri fatvo olib ketdi. Endi men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domlaga bizni javobimizni etkazing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar