Ota-onam rozi bo‘lmayaptilar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlardan kelajagimga taaluqli maslaxat so‘ramoqchi edim. Xozir yoshim 19da. Alhamdulillah maktabda arab tili o‘qituvchimiz diniy tomondan oz-moz tushuncha berganlar. Xozirda 2 sinfdoshim bilan Alloh roziligi uchun ilm olish niyatida madrasaga o‘qishga kirmoqchi edik. Lekin ota-onam bunga norozilik bildirishmoqda. Sababi dindan uncha xabarlari yo‘q, namoz ham o‘qishmaydi, lekin birovni haqqidan qo‘rqishadi. Iltimos maslaxat beringlar qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sizni maqsadingizga qanchalik darajada intilishingizga bog‘liq. Kelajakda uni ham buni ham eplolmaydigan bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Shuning uchun maqsadingizni aniqlashtirib oling. Ota-ona farzi ayn darajasidagi boshlang‘ich ma’lumot olishingizga to‘sqinlik qilishlari notug‘ri. Sizlar chiroyli axloq va go‘zal muomala bilan bu ishni hal qilishga harakat qilinglar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar