Namozxon ham o‘qib, ham ishlasa

Assalomu alaykum! Men 24 yoshdaman. Hozirda ham talaba, ham maktabda o‘qituvchiman. Yozgi ta’tilda Allohga shukr namoz o‘qishni o‘rganib, 5 vaqt o‘qiyapman. Lekin o‘quv yili boshlangach, ertalabgi 08:00dan 13:00gacha universitetda darsda bo‘laman,so‘ngra kechki 17:30, 18:00 gacha maktabda ishda bo‘laman. Faqat bomdod va xufton namozlarini o‘z vaqtida o‘qish nasib etar ekan. Hurmatli ustoz qolgan 3 vaqtni qazosini o‘qisam, yil bo‘yi shu tartibda yashasam ko‘p gunoh qilgan bo‘lamanmi? Shundan xavotirdaman. Agar savolim nojoiz bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh ibodatida bardavom qilsin. Sizni namozdan to‘sadigan hech qanday holat yo‘q ekan. hammasini o‘z vaqtida o‘qing. Namoz vaqti deganida masalan peshin vaqti hozirgi kunda 12:30dan to asrning vaqti kirgunicha ya’ni 17:40gachadir. Shuni orasida o‘qib olsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar