Hajda paypoq bilan tavof qilish

Assalomu alaykum! Onajonim shu yili Xaj safariga ketmoqdalar, 1994-yilda onam Umraga borganlar, o‘sha yillari Ka’baga paypoqsiz kirilishini aytishgan va paypoqsiz ibodat qilishgan ekan. O‘tgan yili borgan qo‘shni ayollar paypoq bilan ibodat qildik deb aytishmoqda. Ehromga kirilganda paypoqsiz kiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi ehromga kirish niyatida ikki rak’at namoz o‘qib, salom bergandan keyin talbiya aytadi. Ayol ehromdaligida tikilgan kiyim kiyishi joizdir. Shuningdek, taqinchoq, qo‘lqop va paypoq kishi ham mumkin. Ayol kishiga boshini yopishi vojib va talbiya aytishi lozimdir. Lekin, baland ovozda aytishi va ramal (tavof vaqtida lo‘kkilab yugirib tavof qilishi) qilishi joiz emasdir (Muallimul hujjoj). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 167 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar