Taqsit savdosi xususida
Assalomu alaykum xurmatli Shayx Xazratlari!Taqsit savdosi shartlariga binoan avtomashina sotishni rejalashtiryapman. Taqsit savdosi nizomining 6-moddasida: "Xaridor bo‘lib-bo‘lib beriladigan pulni qaysi manzilda ado qilishini ham aniq belgilab olishlari lozim." deyilgan ekan. Shartnomada "Xaridor to‘lovlarni Toshkent shahri hududida amalga oshiradi. Bunda xaridor to‘lovlarni Toshkent shahri xududidagi sotuvchining istagan manziliga keltirishi lozim." degan band qo‘shsa bo‘ladimi? Chunki, sotuvchi kun davomida Toshkent shahrining har xil manzillarida bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ertalab - ishda, tushlikda - oshxonada, kechki payt - mexmonda, uyida yoki boshqa joyda. Sotuvchining 2ta uyi bor. Ba’zan narigi uydan xabar olish uchun ishdan keyin o‘sha erga borib tunaydi.Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman.Alloh ilmingizni ziyoda va Islom ummatiga xizmatingizni bardavom qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.
6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 196 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.
6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 196 | Islam