Javob berish masʼuliyati
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin! Taloq masalasi jiddiy narsa, birovning oilasi buzilishi yoki buzilmasligi, halol haromga bog‘liq mavzu. Hech kim tomdan tarasha tushganday xotiniga taloq bermaydi. Hanafiy mazhabimizga ko‘ra ajrashish niyatida "bor yo‘qol", "xotinim emassan" kabi kinoyali lafzlar ishlatilsa boin taloq tushadi. Boin taloqdan keyin esa raj’iy taloqlar umuman tushmaydi. Sizlarga savol bergan odam esa faqat taloq degan gapini aytadi xolos. Nima uchun bunga shartta javob beraverasizlar?! Aslida er xotinni har ikkisini alohida, ipidan ignasigacha so‘roq qilinib hukm aytilmaydimi?! Telegramda oxirgi (17.07.2019. 14:10) postda xotinga uch taloq bo‘lganligini, eri bilan yashashi joiz emasligini aytibsizlar. Boin taloq tushmaganligini aniq qaerdan bildingiz?! Ibodat masalalarida hukm aytsa bo‘ladi to‘g‘ridan to‘g‘ri. Lekin, taloq kabi muomalot masalalari bunday hal qilinmaydi! Bordiyu boin taloq tushgan bo‘lib qayta nikohlanishlari mumkin bo‘lgani holda sizlarni javobingizga ko‘ra bir umr ajrashib yashasa bir oilaning buzilishiga bois bo‘lasiz. Ayrimlar fatvo bilan qazoning (sharʼiy qozilik) farqi bor, biz faqat so‘raganiga javob beryapmiz, deyishlari mumkin. Ammo, bu qozilik turlarini yaxshi anglamagan domlaning gapi bo‘ladi. Sizning hukmingiz asosida hayot kechirar ekan savolga javob berishingiz ayni qazoning hukmida bo‘ladi. Sizlarning javobingizga ko‘ra ajrashadi, sizlarning javobingizga ko‘ra nikoh qurishadi. Bordiyu ilmsizlik tufayli halolni haromga, haromni halolga aylantiruvchi fatvo berilsa savol berganlar erta Qiyomat fatvo berganlarni do‘zaxga ko‘prik qilib ketadi, Alloh asrasin! Shunday ekan, fatvo berishda shoshilmang, muomalot, xususan nikoh va taloq masalasida tomonlarni alohida so‘roq qilmay, masalani tagiga etmay javob bermang. Xolis Alloh uchun nasihatimni qabul qiling, vassalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Boin taloqdan keyin esa raj’iy taloqlar umuman tushmaydi” degan gap noto‘g‘ri. لَوْ كَرَّرَهُ لَا يَقَعُ إلَّا الْأَوَّلُ لِأَنَّ الْبَائِنَ لَا يَلْحَقُ الْبَائِنَ “Agar sen menga haromsan so‘zini bir necha bor takror aytsa, birinchisi bilan taloq tushib qolganlari bilan tushmaydi. Chunki, boin taloq boinga ilashmaydi” (Raddul muhtor).
Lekin, shu o‘rinda bir narsaga e’tibor berish juda ham zarurki, avvalgi boin taloqqa ilashmaydigan keyingi boin taloq kinoya lafzi bilan tushgan boin taloq bo‘lishi zarurdir. Agar keyingi boin taloq ham kinoya lafzidan bo‘lmay sarih lafzdan sodir bo‘lsa, u boin avvalgi boinga ilashadi. Avvalgi boinni kinoya yoki sarih orqali tushganligining farqi yo‘qdir.الْمُرَادُ بِالْبَائِنِ الَّذِي لَا يَلْحَقُ هُوَ مَا كَانَ بِلَفْظِ الْكِنَايَةِ “Avvalgi boinga ilashmaydigan keyingi boin taloqdan murod kinoiy lafzlar orqali tushgan boin taloqdir” (Raddul muhtor).أَنَّ الْبَائِنَ الْمُوقَعَ أَوَّلًا أَعَمُّ مِنْ كَوْنِهِ بِلَفْظِ الْكِنَايَةِ أَوْ بِلَفْظِ الصَّرِيحِ الْمُفِيدِ لِلْبَيْنُونَةِ “Avval tushgan boin taloq boinni ifoda qilguvchi kinoiy lafzlar orqali bo‘ladimi yoki sarih lafzlar orqali bo‘ladimi farqi yo‘qdir” (Raddul muhtor).
Kinoiy lafzlar bilan tushgan taloq ham raj’iy bo‘lmasin. Aks holda taloq tushadi.بِخِلَافِ الْكِنَايَةِ الرَّجْعِيَّةِ فَإِنَّهَا فِي حُكْمِ الصَّرِيحِ فَتَلْحَقُ الْبَائِنَ “Kinoiy lafzlar bilan tushgan raj’iy taloqning xilofi o‘laroq. Chunki, ular sarih taloqning hukmida bo‘lib, avvalgi tushgan boin taloqqa ilashadi” (Raddul muhtor).
Bundan tashgqari yana yuzlab boshqa fiqhiy kitoblardan boin taloqdan keyin raj’iy taloq tushishi, raj’iy taloqdan keyin boin taloq tushishi haqida dalillar keltirishmiz mumkin.
Siz bizni qaergadir qarab javob yozishadi deb o‘ylasangiz xato o‘ylaysiz. Malomat qilishdan oldin hech bo‘lmasa boshlang‘ich fiqhiy kitobdan birortasini ustoz orqali o‘qing. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:14 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush