Fata kiyish

Assalomu alaykum! Qidiruv xizmatida «fata» to‘g‘risda javoblarni topdim va joiz emasligini bildim, afsuski namozxon do‘stlarimiz «aniq xarom deb yozilmagan» deyishmoqda, to‘y arafasida turibmiz, shuning uchun savolni qayta jo‘natdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Shariatimiz talablari asosida bo‘lmagan libos joiz emas” deyilganidan keyin yana sizga yoki namozxon do‘stlaringizga nima kerak. Inson shunday o‘rinlarda Allohga itoat qilishi yoki qilmasligida ajraladi. Namozxon do‘stlaringiz uchun alohida bir farishta vahiy qilib aytib berish kerakmi? Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar