Uy-joylarni loyixalashtirishda hojatxona holati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kanalingizga ulanganimdan beri 5 vaqt namoz o‘qiydigan bo‘ldim. Kasbdoshlarim va do‘stlarim bilan mo‘minlarga farz qilingan amallarni to‘liq ado etishga intilmoqdamiz. Men arxitektor bo‘lib ishlayman. Uy-joylarni loyixalashtirayotganimda ba’zan shunday vaziyat tushadiki, xojatxonani qiblaga yoki oldini bilan, yoki orqasi bilan joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Loyixaning ba’zi buyurtmachilarga musulmon bo‘lmagani bois, xojatxonani bunday joylashtirish mumkin emasligini tushintirib bo‘lmaydi. Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz qozoi hojatga borsa, qiblaga yuzlanmasin va unga ortini ham o‘girmasin», degan ekanlar. Aziz ustozlar, shunday vaziatlarda xojatxonani qiblaga qaratib loyixalashtirsam men gunoxkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasiz. Hech qanday imkonsiz bo‘lganda, vaziyatga qarab qo‘ldan kelganicha, qibladan buribroq chizing. Ular musulmon bo‘lmasa siz musulmonsiz. Qibla sizning qiblangiz, uni xurmatini qilish va qildirish sizning vazifangiz. Alloh taolo "Haj" surasida marhamat qiladi:  ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ۝ 32. Ana shunday. Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir.
Biz ushbu oyat ma’nosida «nishonalar» deb tarjima qilgan ibora Qur’oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha’iyra» so‘zining jami – ko‘plik shakli bo‘lib, «nishon», «belgi», «alomat» degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh» – «Allohning nishonlari» deyilganda esa Allohning dini, Islomning ko‘zga ko‘ringan, shon-shavkati alomati bo‘lgan ibodatlar ko‘zda tutiladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar