Namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Siydikdan judayam qattiq saqlanishga xarakat qilaman. Maruzalarda eshitishimcha siydikdan saqlanmaslik qabr azobini kuchaytirar ekan. Xojatxonaga kirganimda xojatimni chiqarganimdan so‘ng shimimga siydikning mayda ko‘zga ko‘rinmas zarrachalari sachragandek tuyiladi, shubha bo‘lganligi sababli shu kiymimda yuvilmagunicha namoz o‘qimayman. Savolim shundaki siydik tekkanini ko‘rganimdan so‘ng shu kiymimda namoz o‘qimaymi? Bazida taxoratxonalarga kirganimdan so‘ng xam shu shubha meni tark etmaydi va namoz o‘qiyayotganimda xam xayolimda turib qiynayveradi. Maslaxat beringalr iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sachragandek tuyuulishiga e’tibor bermang. Bu namoz o‘qimasligiz uchun shaytonning vasvasasi bo‘lishi ham mumkin. Siz sachratmaslik sabablarini hammasini qilingda boshqa narsani o‘ylamasdan tahorat qilib namozni boshlang. Shaytonning bu kabi vasvasalariga e’tibor bersangiz bir umr benamoz bo‘lib o‘tib ketasiz. Shariatimizda kiyimga tekkan najosat shar’iy dirham, ya’ni o‘rtacha piyolaning orqa tomoni miqdoridan kichik bo‘lsa kechiriladi. Undan katta miqdorda bo‘lsa u kiyim namozga yaramaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar