Uyga atab ham qurbonlik qilinadimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mening bir tanishim qurbonlik qilinmagan xonadonda jin shaytonlar och bo‘ladi va inson tanasidagi qonni so‘rishadi, qurbonlik qilinsa ular o‘sha qurbonlikni qoniga to‘yishadi deydi. Men buni noto‘g‘ri dedimu o‘zim javob berolmadim. Bu kabi qurbonlikdan maqsad nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik deb tashriq ya’ni iyd qurbon hayiti kunlari zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lgan kishilarni vojibni ado qilish uchun jonliq so‘yishiga aytiladi. Undan boshqa narsa qurbonlik deyilmaydi. U kishi aytgan narsa esa, islomdan avval mushriklar biror joyga borishsa o‘sha erning egalari bo‘ladi va ulardan bizga zarar etmasin deb kofir jinlarga atab jonliq so‘yish odatiga aytiladi. Islom bu kabi ishlarni harom qilgan. Bu Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yish bo‘lib, u amalning o‘zi ham so‘yilgan jonliqning go‘shti ham haromdir. Qilgan odamlar qattiq gunohkor bo‘lishadi. Hozirdagi folbin va kofir jinlar bilan muloqot qiladiganlarning momolarimga atab, bobolarimga atab, aziz avliyolarga atab, er-mulk egalariga atab, odamlarimga atab kabi sabablarni ko‘rsatib so‘ydirayotgan harom jonliqlari shular jumlasidandir. Unday tanishlarga quyidagi oyatni o‘qib berish kerak. Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi: وَإِن يَمْسَسْكَ اللّهُ بِضُرٍّ فَلاَ كَاشِفَ لَهُ إِلاَّ هُوَ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلاَ رَآدَّ لِفَضْلِهِ يُصَيبُ بِهِ مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 107. Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o‘zga o‘shanga kushoyish beruvchi yo‘qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo‘qdir. Uni bandalaridan xohlaganiga etkazur. U o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Bandaga foyda yoki zarar etishi Allohning irodasi bilangina bo‘ladi. Ha,
«Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o‘zga o‘shanga kushoyish beruvchi yo‘qdir».
Borliqning yagona Xoliqi, Qodiru Molik Zot bir bandani zarar ila tutsa, u ojiz bandaga kim ham yordam berib, mushkuliga kushoyish ato qila olar edi?! Shuningdek,
«Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo‘qdir».
Alloh yaxshilik keltiradigan ishlarni qilganlarga yaxshilik, yomonlik keltiradigan ishlarni qilganlarga yomonlik etkazishni iroda etgandir. Alloh bandalari ichidan O‘zi xohlaganlarini fazliga erishtiradi. Bu orada bandalardan ba’zi gunohlar sodir bo‘lsa-yu, tavba qilsalar, Alloh ularni mag‘firat etadi. Ularga rahm ko‘rsatadi.
«U o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
U mag‘firat qiluvchi va rahmli Zotdir.
Ey oxirzamon Payg‘ambari! قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءكُمُ الْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ فَمَنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَمَا أَنَاْ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ 108. Sen: «Ey odamlar! Batahqiq, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, o‘zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, o‘z zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qo‘riqchi emasman», – deb ayt. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar