Momolar oshi

Assalomu alaykum! Samarqandda homilador ayollar homilaning 5, 7 oylarida momo oshi qilishadi. Bu tug‘ruqni oson kechishi, yomon ko‘zlardan asrashi uchun ekan. Bu shariatda qanchalik to‘g‘ri amal hisoblanadi? Unda tovuq so‘yib sho‘rva osiladi va 7 xil taom pishiriladi, surpa ochiladi va qushnoch kelib marosimni Qur’on oyatlarini o‘qib, o‘tqazib beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularni dinimizga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu saqlanish kerak bo‘lgan amallardan. Uning o‘rniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida “Sadaqa baloni qaytaradi” deganlar. Shuning uchun topganini va oshinganini sadaqa qilaverish kerak. Shuningdek “kim bir birodariga yordam bersa Alloh uning yordamchisi bo‘ladi” – degan hadis bor. Shunday inson bo‘lishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar