G‘ar g‘ara qilish

Assalamu alaykum! Peshin vaqti bo‘lib qolib tahoratga shoshganimdan og‘zimga suv oldim va bilmagan holimda g‘ar-g‘ara qildim. Tomog‘imdan suv ketib qoldi. Ro‘zam ochildimi? Men bir hadis eshitgan edim. Bilmasdan taom eb qo‘ysa Alloh u kishini rizqlantirgan bo‘ladi deb. Men qilib qo‘ygan ish shu hadisga tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ro‘zadorligingiz esingizda bo‘lmay yutib yuborsangiz hadisga tushadi. Ehtiyotsizlik bilan bo‘lsa ro‘za ochilib, qazosini tutib berishingiz vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar