100 ming yilda bir keladigan kecha
Assalomu alaykum! Bugun 3-25 tongda oy Ka’ba atrofidan aylanib o‘tadi va osmon yoriq bo‘ladi. Bu qabul vaqti bo‘lib, 100 ming yilda bir keladi. Allohdan xohlaganini so‘rasa bo‘ladi. Hazil narsa to‘g‘rimi ? Javob uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu kunlarda keng tarqalayotgan shu ikki YoLG‘ONdan ogoh bo‘ling. Bu yolg‘onlar rasm yoki matn ko‘rinishida bo‘lib hammaga tarqatish so‘ralgan bo‘ladi. Johil din dushmanlari biz musulmonlarni yo‘ldan adashtirish uchun har qanday pastkashlikka tayyor. Hattoki Alloh va uning Rasuli nomidan ham yolg‘on to‘qishadi. Bu kabilarni tarqatayotganlardan o‘tinchimiz Allohdan qo‘rqing. Bu kabi xabar har yili Ramazon boshlanishiga bir necha oy qolganda asosan Ramazon oyida tarqala boshlaydi. Avvalo, bu xabarning g‘irt savodsizlarcha, hadisi shariflarga hurmatsizlarcha yozilganiyoq odamni shubhaga soladi. Ahli ilmlar bunday xom-xatala matn yozmaydilar. Shuningdek, hadisi shariflardan iqtibos keltirganda ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eshitib, qolganlarga etkazgan sahobaning ismi hamda bu hadisni rivoyat qilgan muhaddis imomlarimizdan birining ismi shariflari hamda bu hadisning qaysi kitobda keltirilgani ko‘rsatilishi kerak.
Qolaversa, bu gap mutlaqo hadis emas, balki uydirma, yolg‘on gap bo‘lib, naq bid’atning o‘zginasidir. Hech qaysi mo‘’tabar asarlarda, sahih hadis to‘plamlarida bunday hadis yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Ammo nima uchun bunday bema’ni narsa internetda tarqalib ketyapti? Bir tomondan, buning sababi ba’zi kimsalarning o‘taketgan ilmsizligi, johilligi, noinsofligi va qaysarligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ba’zi kanal va sahifalarning dindan piar va reklama uchun munofiqlarcha foydalanishidir.
Munofiqlarcha deganimizning sababi shuki, mo‘min-musulmon odam oddiy yolg‘on gap-so‘zni tarqatishdan ham hazar qiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan yolg‘on hadis aytishdan esa jahanam olovidan qo‘rqqandek qo‘rqadi.
Chunki Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan:
«Meni sizlarga ko‘p hadis aytishdan faqatgina Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga nisbatan qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlari to‘sadi».
Bu hadisni buyuk vatandoshimiz imom Buxoriy o‘zlarining dunyoga mashhur «Jome’us sahih» to‘plamlarida keltirganlar. عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin».
Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap. («Oltin silsila». «Sahihul Buxoriy», 1-jild, 108-hadis).
Dinini yaxshi biladigan, diniy ilmlardan ozmi-ko‘pmi boxabar bo‘lgan mo‘min-musulmon odam bu hadisni albatta eshitgan bo‘ladi. Shuning uchun yuqoridagiga o‘xshagan yolg‘on-yashiq, tag-tugi yo‘q gaplarni nafaqat hadis deb tarqatishga, hatto uni hadis deyishga ham hazar qiladi.
Buni hadis deb qandaydir maqsadlar bilan tarqatayotganlar bilmaydiki, aynan mana shu kabi gaplarni tarqatganlar yuqoridagi hadisga binoan og‘ir azob-uqubatlarga duchor bo‘ladi.
Shu to‘rt qator gapni tarqataman deb, o‘zini naqadar dahshatli azoblarga duchor qilayotgan bu gumrohlarga shu gap kifoya qilarmikin? Bunisi bizga qorong‘i. Ammo umid qilamizki, buni bilmagan bo‘lishsa, endi bilib, ko‘zlari ochilar. Biz ularni duoibad qilmaymiz, balki ularga insof tilaymiz, toki bu dunyoda tavba qilishga ulgurib qolishsin.
Azizlar dinimizni har xil tag-tubi noma’lum, chalasavod sahifalardan yoki guruhma-guruh aylanib yuradigan turli varaqalardagi matnlardan emas ishonchli manbalardan o‘rganaylik. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar