Zinoga jaza
Assalomu alaykum! Uylangon bala Zыna kыlыp, kiyin toobo kыlыp, Shariyatta andaylarga 100 darra urgula degen oshol jazanы aluu үchүn oshol ishti kыlgan adam өzү Mechitke barыp damlaga aytыp jazasыn aluuga bolobu? Suranыch kenenireek joop bere ketseniz? Allaxыm ыraazы bolsun sizden
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda u jazoni qo‘llash uchun shar’iy qozi yo‘q. Shuning uchun astoydil tavba qilib, qaytib bu ishga qo‘l urmaslik kerak. Tavba uch ish bilan kamoliga etadi. Ilm, hol va amal. Banda gunohning zararini bilishi va Alloh taolodan uzoq qilib, roziligidan mahrum qiluvchi narsa ekanligini bilish ilmdir. Shu ilm hosil bo‘ganidan mo‘minning qalbi og‘riydi va bundan o‘sha qilgan gunohiga nadomat hosil bo‘ladi. Mana shu nadomat hosil bo‘lishi hol hisoblanadi. Qaytib o‘sha gunohga qo‘l urmaydi va kelgusida ham o‘sha gunohga qo‘l urmaslikka qasd qiladi. Mana shu amaldir. Shu ish topilganida banda tavba qildi deyiladi. Alloh taolo esa “Baqara” surasida إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 37...Albatta, U tavbani ko‘plab qabul qiluvchidir, o‘ta rahmlidir – deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar