Jiyanimning kontraktiga pul berish zakotga o‘tadimi

Assalomu alaykum! Internet tarmog‘ida zakot haqidagi ma’lumotlarni o‘qiganimda "zakot niyat qilib beriladi" degan joyini o‘qidim. Men jiyanimni o‘qitayapman (otasi bilan onasi ajrashishgan, onasini esa qurbi etmaydi). Uni barcha harajatlarini men to‘layman. Shu sabab zakot o‘rnida ketadi deb yurar edim. 1) Endi har pul berganimda niyat qilib beraymi? 2) Nisobni hisobidan zakotga chiqadigan summa miqdorini birdan berish kerakmi yoki yil davomida mayda-mayda berishim ham durustmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar zakotdan bersangiz ajratayotganda yoki berayotganda niyat qilishingiz kerak.
2). Ajratganingizda berishingiz kerak. Agar avvaldan bermoqchi bo‘lsangiz bo‘lib-bo‘lib yil davomida berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar