Otamni norozi

Assalomu alaykum! Bir necha oy avval otam bilan tortishib qolgandim otamni juda qattiq hafa qilgandim. Buning sababi, otam Alloh haqida juda yomon so‘z aytgandi o‘shandan buyon otamga mehr qo‘yolmayman. Otam ko‘p ichadilar, fahsh so‘zlarni ko‘p aytadilar. Otam mendan norozi bo‘lganini ko‘p takrorlaydilar, men otam bilan ko‘p tortishib qolaman, hozirda bir-birimiz bilan gaplashmaymiz. Menga maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zimmangizda etkazish vazifasigina bor, majburlash emas. Etkazsangiz va u ishlarga qalban norozi bo‘lsangiz, oxiratda ham qolganiga javobgar bo‘lmaysiz. Otangizga qabul qilsalar gapiring, qabul qilmasa duo qilish yo‘liga o‘ting.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. “Ota-ona bilan bahslashsa bo‘ladimi?” degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham bahslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar