Namozdan keyin qo‘shimcha sajda qilish odati
Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, bir holatni aniqlashtirish maqsadida sizga murojat qilishga qaror qildim. Bir namozxon do‘stimiz, namozlarini bitirganidan so‘ng, duolarini qilib, qayta sajda qilib bir muddat shu holatda duoda turadi. Tashqaridan qaraganda sajdai savf (hatolar uchun sajda qilmoqda) deb o‘yladim. O‘zidan so‘rasam, “Allohga sajda holatida duo qilish eng afzal holatlardan biridir” dedi. Men bu odatini davom ettirsa, boshqalar ham takrorlay boshlasa, ya’ni farzandlari va unga yaqinlar, unda bu odat bid’at bo‘lib qolishi mumkunligini aytdim. Qarshilik ko‘rsatib “O‘g‘illarimga tushuntiraman” dedi. Men unga o‘g‘illaring sandan o‘rganib, nega bunday qilganingni tushuntirarsan, ammo nevara, evaralaring ham takrorlay boshalasa, ular aslo nega deb so‘ramaydi dedim. Ular otalarimiz qilgan deb buni odat qilsa va davom ettirsa bid’at qilgan bo‘lasan deb aytdim. Hammaga tushuntirish qiyin. Bu holatni o‘zing, odat qilmagan holda, ba’zan qilib, bazan qilmasang va boshqalarga buni tashviq qilmasang unda Vallohi A’lam sani o‘ylagan niyating hosil bo‘lar dedim. Shu holat bo‘yicha sizni fikirlaringizni bilmoqchi edim. Uni qilayotgan amali to‘g‘rimi? Mening fikirlarimda biror xatolik bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fikringiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fikringiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar