O‘qish yoki davlat ishida namoz o‘qish
Assalamu alaykum! Ustozlar men 19 yoshdaman, Alloh Taolo farz qilgan namozlarni boshlaganman, IIV Akademiyasiga o‘qishga kirmoqchiman, hozir imtihon harakatlaridaman. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim davlat ishida(o‘qishida) namoz o‘qishligim uchun sharoit bo‘ladimikan degan fikr hayolimga keldi, shuning uchun sizlarga shu asnoda menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizni so‘rab yuzlandim. Bu borada dinimiz nima deydi? Shu o‘rinda bir do‘stim ham Milliy gvardiyaga o‘qishga kirayotgan edi u ham bir masjiddagi domladan shu mavzudagi savollarni so‘ragan edi. U domla do‘stimga-"Dilingizda bo‘lsa..., bo‘ldi" deb aytibdi. Domlani fikri menda shubha uyg‘otdi. Bira to‘la shu mavzuga ham oydinlik kiritib o‘sangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo bandalari orasidan O‘zi Qur’onda zikr qilgan Ashobul Kahf kabi kishilarni bo‘lishini xohlaydi. Unday inson bo‘lishi uchun tabiyki taz’yiq ham bo‘lishi kerak. Shunday holatda ham Allohning farzlarini to‘liq ado etuvchilar uchun garchi endilikda Qur’onda zikr qilishning imkoni bo‘lmasada(chunki vahiy to‘xtagan) ularning darajasini topish eshiklari qiyomatgacha ochiqdir. Domlaning “Dilingizda bo‘lsa bo‘ldi” deyishi noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 144 | Namoz