Master kit
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozir psixologik kitoblarni o‘qiganimizda "ongosti" atamasiga ko‘p duch kelamiz. "Ong" va "ongosti" tushunchalarini aloxida ta’riflashadi. Ongosti xaqida bizning islom dinimizda nima deyilgan, ya’ni qanday atasak to‘g‘rirok va bizga tushunarlirok bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sodda qilib aytilganda inson xotirasi ikki qismga bo‘linadi. Biri kichkina bo‘lib, unga tushgan ma’lumot idish to‘lgach chiqib ketadi. Ikkinchisi katta xotira, u yoshlikdan beri unga o‘tkazib qo‘yilgan barcha ma’lumotlarni saqlab turadi. Insonda asosan kichik xotira to‘xtamasdan ishlaydi. Biror inson ma’lumotni saqlab qolmoqchi bo‘lsa kichik xotiradan katta xotiraga o‘tkazib qo‘yish kerak bo‘ladi. Unga o‘tkazish turlicha bo‘ladi. Qur’on yodlovchilar bir necha sanoq qilishi orqali. Ilm talbidagilar uni takror takror bir necha kishilarga aytib berish orqali bo‘ladi. Ba’zi bir mohir voizlar beradigan ma’lumotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta xotiraga joylashga harakat qiladi. Albatta bunga ko‘p tajriba orqali erishiladi. Arablar birinchi xotirani “Alvaaiy” ikkinchisini “Allaavaaiy” deb atashadi. Bu tibbiyotga tegishli. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda