Shifokor xojiota
Assalom alaykum! (Alhamdulillah namoz o‘qiyman Alloh buyurgan ishlarni qo‘limdan kelgancha ado etishga harakat qilaman). Meni ko‘pdan beri bir savol qiynaydi. Bir necha oy avval xususiy klinikada bir shifokor huzurida bo‘ldim. Uni xojiota deyishar ekan yoshi katta, boshiga do‘ppi kiygan otaxon. Xonasiga kirganimda devorda puldan qilingan piramida rasmi osig‘liq turgan edi men bundan hayratlandim. U yurak urishini eshitib ko‘rish uyoqda tursin hatto yuzimga ham deyarli qaramadi. Qo‘liga kichkina dastak uchiga o‘rnatilgan prujinaga o‘xshash asbobni oldi, u matoh o‘zidan o‘zi aylanishni boshladi. Keyin ikkinchi qo‘li bilan g‘alati harakatlar qildi, chap tomonga qarab nimadirlarni pichirladi (huddi kim bilandir gaplashayotgandek). So‘ng qanday kasalliklar borligini aytdi, lekin boshqalarnikidaqa to‘liq aytmadi qisqa qilishga harakat qildi, tezroq tugatishga shoshildi. Men bundan juda qattiq shubhalandim. Aytingchi, 1)shunday bo‘lishi mumkinmi? Shu to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa unga ishonuvchi odamlarni qanday bu yo‘ldan qaytarsam bo‘ladi yani nima deyishim kerak? Biz shu tufayli shifo topyapmizku deb qolishlari aniq. Savolim uzun bo‘lib ketgani uchun uzur so‘rayman. Javobingizni telegram tarmog‘igayam joylashtirishingizni iltimos qilardim. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi jin bilan aloqa qiluvchilar chiqaveradi. Oxiri borib dajjol chiqadi. Bu kabi jinkashlarga ixlos qiluvchilar dajjol chiqib “Men xudoman” deganida “Biz sen bandalaringmiz” deb orqasidan ergashib ketaveradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 144 | Tabobat