Imomimizni mahr haqida aytgan gaplari
Assalomu alaykum! Masjid imomimiz nikohning sharti “ijob, qabul, mahr, guvohlar”, deb aytdi. Bir do‘stim “mahr nikohning sharti emasku”, desa u imom “mana meni dalilim” deb المهر ركن من أركان عقد النكاح عند الجمهور وح والحنفي ولايجوز عقد النكاح الا به deb ko‘rsatdi. Ustozimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining mahr to‘g‘risidagi savolga “maxr nikohning sharti ham, rukni ham emas, u siz ham nikoh bog‘lanaveradi”, deganlar. Lekin bizning imomimiz “shayx Hazratlarinikidan ham boshqa kitoblarni o‘qinglar” dedi. Saudiya muftisi bo‘lgan Ibni Bozda ham “mahr nikohni sharti va rukni ham emas. U erni zimmasiga farz bo‘ladigan ayol uchun moldir” debdi. Imomimiz bergan hujjatni qandoq tushunamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida: لَّا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا لَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى الْمُوسِعِ قَدَرُهُ وَعَلَى الْمُقْتِرِ قَدَرُهُ مَتَاعًا بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُحْسِنِينَ 236. Agar xotinlarni ularga qo‘l tekkizmay turib yoki ular uchun mahrni belgilamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh yo‘q. Ularni boy boricha, yo‘q holicha ma’ruf ila bahramand eting. Yaxshilik qiluvchilar zimmasiga burch o‘laroq.
Bu oyatdagi “mahrni belgilamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh yo‘q” degan jumla mahr belgilamasa ham nikoh bog‘lanishiga dalolat qiladi. Aks holda “Taloq qilsangiz” deyishga nima hojat bor edi. Ulamolar ushbu oyati karimadan mahr bermasa ham nikoh bog‘lanishi hukmini olganlar.
Imom keltirgan “عند الجمهور” jumladan keyin “المالكية” kalimasi tushirib qoldiribdi. U kishi iborani buzib keltiribdi. Hanafiylar nazdida mahr nikohni rukni emas. عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar