Izn so‘ramasdan borsam

Assalomu alaykum! 1) 3 yil oldin tushinib-tushinmay «rastushovka» qildirgan edim. Kanaldan tahorat o‘tmas ekan deb o‘qidim. Allohdan tavba qilib «nazr» ro‘zasini Rajab oyi tutsam, ibodatlarim qabul bo‘ladimi? Tavba qildim, hatto qosh terdirmayman hozir. 2) Onamni ko‘rishga juda kam yuborishadi. Yarim yoki bir yilda. Onamni juda sog‘inib ketaman. So‘ramasdan borib ko‘rib kelib tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Nazr qilib yurmang. Alloh keng qilib qo‘ygan narsani toraytirmang. Imkoningiz boricha ibodatni ko‘paytiring, ularni nazr qilib vojib qilib olmang.
2). Safar masofasiga etmasa haftada bir ota-onangizni ko‘rib turishga shar’iy haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar