Sadaqa berishning hukmi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanishim imomdan eshitgan gapini aytdi. Aytishicha qiyomat kuni tilanchilar bir yuzi qora bo‘lib tirilarkan (tilanchilik qilgani uchun), tilanchiga sadaqa berganlar ikki yuzi qora bo‘lib tirilarkan (tilanchilarga tilanchilik qilishi uchun sharoit yaratib bergani uchun). Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri gap. Muhtoj bo‘lmasdan turib tilanish shar’an haromdir. Muhtojligini  bilaturib imkoniyati bor qo‘shnilar uni shu holatga solib qo‘yishlari ham halol emas. عن ابن عباس رَضِي اللهُ عَنْهُ قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ليس المؤمن الذي يشبع وجاره جائع إلى جنبه رواه الحاكم في المستدرك Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yonidagi qo‘shnisi och bo‘laturib qornini to‘yg‘azadigan mo‘min mo‘min emas” deganlar. Hokim rivoyati.
Shu o‘rinda ko‘chadagi tilanchilarga sadaqa berish joizmi – degan savol kelib chiqadi. Sadaqa niyatida bermasin. Hadiya deb, Alloh meni berishga qodir qilibdi deb bersa joiz. Gunoh ishga ishlatilishini bilaturib bersa gunoh. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar