Tabletka tarkibidagi jelatin haqida

Assalomu alaykum! Shamollashga qarshi kecha dorixonadan "Azimak(Azitromitsin)" nomli antibiotik tabletka sotib olgan edim. Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, bittasini ichib, keyin yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqsam, dori tarkibida jelatin borligi, ya’ni kapsulalar qobiqlarini ishlab chiqarishda jelatinli kraxmaldan foydalanilganligi yozib qo‘yilibdi. Shu tufayli bugungi dozani taqvo yuzasidan qabul qilmay turibman. Bu tabletkalarni qabul qilish joizmi? Umuman, afsuski, hech bir dori vositasining shar’iy mahsulotlardan tayyorlanganligi xususida "Halol" sertifikati yo‘qligi qiynaydi kishini. Fiqh.uz saytida jelatin haqidagi ma’lumotni o‘qigan edim, uni cho‘chqa terisi va suyaklariga qayta ishlov berish orqali olinishini aytishgan ekan. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutganim ma’qul? Bilib-bilmay hozirgacha qandolat, dori-vositalarni tarkibini surishtirmay iste’mol qilib kelavergan ekanmiz. Meni bularni qabul qilgandan keyin ado etilgan ibodatlarimiz endi nima bo‘ladi, degan qo‘rquv qiynamoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Doriga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:04 | Savol-javoblar | 146 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar