Tish oldirilgan vaqtida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Ishdan keyin tish shifokorida tishimni oldirgan edim. Tabiiyki o‘rni qonab turdi. Bu vaqtda tahorat olgan bilan tupuk rangi qizg‘ish bo‘lsa buzilishini o‘qigandim. Shu vaqtda qanday yo‘l tutish mumkin? Bu ahvolda tahorat ololmadim va xufton namozini o‘qiy olmadim. Shu qazo bo‘lgan namozimni ertasi kuni yoki qon sizib chiqishi butkul to‘xtagach o‘qib olsam bo‘ladimi? Ertasi kuni qon sizib chiqishi davom etsachi? Namozlarimni qanday o‘qishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qonab tursa ham tahorat olib o‘qiyverasiz. Sahobalar jarohatlaridan qon oqib turganida ham namoz o‘qiganlar. Har namozga tahorat olasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar