Hozircha namoz o‘qimaslik
Assalomu alaykum! Hijob o‘rashga, namoz o‘qishga ishtiyoqim baland va hijobli qizlarga juda havas qilaman. Ammo, ayni paytda talaba bo‘lganligim bois, namozga ulgurolmasligim mumkinligini o‘ylab, hali ham boshlaganim yo‘q, hijob o‘ranishga esa uydagilarim hozircha qarshi. O‘qishni tamomlaganimdan so‘ng (balki ungacha turmushga chiqarman), hijob o‘ransam, namozni to‘liq o‘qishni boshlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz hozirdan namozni boshlang. Aks holda namoz o‘qimaslikning oxiratdagi azobi juda og‘ir bo‘ladi. Namoz ertalab yuz qo‘lingizni yuvishga oyoqni qo‘shib qo‘yish, joynamoz ustiga borib, surai Fotiha va Ixlos surasini o‘qib, ikki bor ruku va to‘rt bor sajda qilishdan iborat. Shu bilan farz ado bo‘ladi. Buni qilmaganligingiz uchun esa quyidagi azob bo‘ladi.
Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَالَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi: وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ 47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 172 | Ayollarga oid masalalar