Taxorat savobi
Assalomu alaykum! Hazrati Bilol taxorat qilib doim 2 rakat namoz o‘qiganlar va jannat xushxabarini olganlar inson doimiy taxorat bilan yursa ham, misol ertalab bomdodda qilgan taxorati bilan xuftongacha shunday yursayam harbir nafasiga savob olaveradimi va doimiy taxorat bilan yurgan odam jannatdan umid qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Doimo tahoratli holda yurish mustahab amaldir. Bilol roziyallohu anhuga berilgan xushxabar ham shu amallari uchun bo‘lgan. Ya’ni u zot har qachon tahoratlari buzilsa darhol yangidan tahorat olganlar. Siz ham shunga amal qilib yursangiz albatta ushbu mukofotdan umid qilsangiz bo‘ladi.
Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi:
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bilolni chaqirib, “Ey Bilol, jannatga mendan nima (amaling) sabab o‘zib ketding. Men bugun kechasi jannatga kirib, oldimda poyafzaling ovozini eshitdim”, degan edilar, Bilol: “Ey Rasululloh, agar azon aytsam ketidan ikki rak’at namoz o‘qiyman va agar tahoratim buzilsa, yangi tahorat olaman”, deb javob berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Shu sababdan ekan-da”, dedilar”. (Termiziy, Ahmad, Ibn Xuzayma, Hokim, Bayhaqiy “Shua’bul iyman”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).
Ushbu rivoyatda Bilol roziyallohu anhu doim tahorat bilan yurish va qachon tahorat qilsa, ketidan ikki rak’at namoz o‘qish bilan jannatga erishgani aytilmoqda. Vallohu a’lam!
5 Dekabr 2023, 14:28 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar