Avliyolar xaqida

Assalomu alaykum! Avliyolar qanday bo‘ladi? Bir chol o‘zini avliyoman deb, bir tanishimizga vazifalar berib, xayotida o‘tgan voqealarniyu kelajakni va uyda nima gaplar bo‘lyapganigacha aytib beryapti ekan. Tanishimizga sizlarga qarg‘ish tekkan Allohni ismlarini 70 ming marta aytsangiz qarg‘ishdan qutilasizlar deb buyuribti. Bu insonga ishonib shirk keltirib qo‘yishmiyaptimikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha chol g‘ayb ilmini da’vo qilibdi. Unga ishonmanglar. U kazzobdir. Vallohu a’lam!

13 Sentabr 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 124 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar