Bomdod namoziga turish

Assalomu alaykum! Allohga shukurkim namoz o‘qishni boshlaganimga 9 oy bo‘ldi. Lekin ba’zan bomdod namoziga turolmayapman, chunki kechasi bilan uyqum qochib ko‘p uyg‘onib chiqib, tongga yaqin qattiq uxlab qolayapman. Ayolim xam namozga turadigan vaqt, meni uyg‘otishga ko‘zi qiymayapti, kech uxladi, uxlolmadi deb turgizmayapti. Savolim shundan iboratki, kech bo‘lsa xam turgandan keyin bomdod namozini farzi va sunnatini o‘qib olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shunday qilishingiz shart. 40 kun xuftonni o‘qiboq uxlashga odatlansangiz bamdod vaqtida xohlamasangiz ham turadigan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar