Uylanishni kechiktirish
Assalomu alaykum! Men 28 yoshga chiqyabman. Bir necha yillardan buyon sunnatga ko‘ra uylanishni hohlayman, lekin onam to‘sqinlik qiladilar. O‘zlari qiz topmaydilar, meni topgalarimni esa ma’qullamaydilar. Agar uylanish uchun hamma sharoitim bo‘lsa (iymon, sog‘liq, pul, niyat, va hokazo) va yillardan beri ro‘za tutishdan hamda odamlarnig gap-so‘zlaridan ranjisam, onamning bunday cho‘zishlari zulmmi? Onam — «Sendan noroziman» — deb, yana hech narsa qilmasliklari o‘rinlimi? Bunday norozilikdan men qanday qutilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘rinda noroziman deyishi o‘tmaydi. U kishining ham rioyasini qiling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:40 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘rinda noroziman deyishi o‘tmaydi. U kishining ham rioyasini qiling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:40 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush