Nomahramlar bilan munosabatlar
Assalomu alaykum! 1. Hamma ham ko‘chada yuriydi. atir sepgan ayollar,qizlar bo‘ladi ularni xoxlasak,xoxlamasak hidlab qolamiz.nafas olmayroq turib o‘tib ketishga harakat qilaman.lekin taksida,avtobusda,yoki biror kimni uyiga borsak uyni ichida atir sepgan ayollar,qizlar bo‘lsa nima qilishimiz kerak. shunda biz erkaklar ham zino qilgan bo‘lamizmi? ko‘pdan beri qiynaydi shu savol. 2. yangamlar bilan qo‘l berib salomlashishim yomon bilaman(yoshi kattalari bilanchi?) esimga tushganda harakat qilaman qo‘l bilan salomlashmaslikka,biror ishga chalg‘iganday qo‘limni band qilishga masalan.(qo‘lim yomon edi deb aldasam ham bo‘ladimi ?).lekin ular qo‘llarini cho‘zib qoladilar quruq qaytarmay deb qo‘limni cho‘zib salomlashib ham qolaman. voyaga etgan jiyanlarim bilan ham shunday qilishga harakat qilaman. qo‘l bilan salomlashmaylik deb aytsam tushunmasalar kerak, gapim ko‘payib ketar. ular hazilga yoyishlari mumkin.qo‘llarini ushlagandan keyin uff ana yana gunoh qilding axmoq deb ichim eziladi.o‘zlaridan bilib qo‘llarini cho‘zmasalar qaniydi.bundayam zino qilyapmanmi. 3.qishloqda taksiga damasga chiqamiz shunda yonimga nomahramlar o‘tirib qoladi.avratlarini yopib yuriydiganlar juda kam.ularga tanam tegim ketadi.yo qisilib o‘tirib qolishimiz mumkin.buni istamiman lekin.ularni tanasi tanamga tegmasa yaxshiydi deb o‘tiraman.shunga o‘xshagan vaziyatlar shariatimizda mumkin bo‘lmagan ishlar bo‘lib turadi hayotimizda qishloqda ko‘p ayniqsa.nima maslahatlar berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahram ayollarning qo‘lini ushlashdan bosh tortganingizda sizni noto‘g‘ri tushunishlari yoki uyalib noqulay holatga tushib qolishingiz yoki transportda ayollarga yopishib o‘tirishdan bosh tortib kerakli manzilga bora olmay qolishingiz shariat man qilgan o‘sha ishlarni muboh qilib qo‘ymaydi. Barchasini tark qiling, tamom.عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل له" رواه الطبراني والبيهقيMa’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz uchun halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mixyat(igna, bigiz) sanchilishi yaxshiroqdir” dedilar". Roviylarning barchasi ishonchlidir.
Tabaroniy va Bahaqiylar rivoyati.ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل له. رواه الطبرانيBoshqa bir hadisda: “Kishining elkasi o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga tegishidan ko‘ra, u uchun loy va balchiqqa bulangan to‘ng‘izga tegishidan yaxshiroqdir” deganlar.
Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!
22 Iyun 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar