Er-xotin g‘ayridinlar islomni qabul qilsa nikohi nima bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Boshqa din vakili bo‘lgan er va xotin Islomni qabul qilsa, qayta nikoh o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ahli kitob bo‘lib, agar o‘z dinlaridagi qonun qoidaga amal qilib nikoh qurishgan bo‘lsa qayta o‘qitishga hojat yo‘q. Ikkisi teng iymon keltirgan bo‘lsa yoki ayol birinchi iymon keltirib iddasi chiqmasidan avval er ham iymon keltirgan bo‘lsa nikoh yangilanmaydi. Agar xotin iymon keltirib iddasi chiqqandan keyin eri Islomni qabul qilsa qayta nikoh o‘qitiladi. Er iymon keltirib ayoli iymon keltirmagan bo‘lsa holatga qaraladi. Agar ahli kitob bo‘lgan ayollardan bo‘lsa Islomni qabul qilmasa ham nikohi boqiy qoladi. Agar Islomda nikohi joiz bo‘lmagan ayollardan bo‘lsa, ya’ni nasoro yoki yahudiy dinidan boshqa dindagi ayol bo‘lsa yoki Islomda mahrami bo‘lgan ayollardan masalan ammasi, holasi kabilar bo‘lsa(boshqa dinda bo‘lgani uchun amma xolalariga uylangan bo‘lsa) o‘sha vaqt nikohi buziladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar