Bola chaqa
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Takaasur surasi tafsirida Allohni toatidan mashg‘ul qiluvchi : molu dunyo, boylikni ko‘paytirish qatorida bola chaqa ko‘paytirish ham aytilayapti. Dinimiz bizlarni farzandlarni ko‘paytirishga buyurgan emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ko‘paytirishga buyurgan, lekin ular bilan fahrlanmaslikka va ibodatni tark qilib haromdan bo‘lsa ham mol dunyo topib edirishdan qaytargan. Nikoh salafi solihlarning nazarida Sahobai kirom, tobe’iyn va barcha salafi solihlar nikohlanishga nafaqat amal qilganlar balki unga targ‘ib ham qilganlar. Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh o‘zining Ihyou Ulumiddin kitobida bir qancha sahobai kiromlarning so‘zlarini naql qilganlar: قال عمر لأبي الزوائد: ما يمنعك من النكاح إلا عجز أو فجور 1). Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
U zot Abu Zavoyid roziyallohu anhuga “Seni nikohdan ojizlik yoki (fisqu) fujurgina man qilishi mumkin” – dedilar. (Ibn Abu Shayba rivoyati).قال ابن عباس رضي الله عنهما: لا يتم نسك الناسك حتى يتزوج 2). Ibn Abbos roziyallohu anhu “Uylanmaganning haji mukammal haj bo‘lmaydi” – dedilar.
Ushbu hadisda uylanmagan kishining haji mukammal bo‘lmasligi aytilmoqda. Buning sababi uylanmagan shaxs ibodatlarni ado qilishda uylangan shaxs kabi qalbi xotirjam bo‘lmas ekan.
3). Abdulloh Ibn Mas’ud roziyallohu anhu “Alloh taoloning huzurida oilasiz holda turmasligim uchun o‘n kunlik umrim qolgan bo‘lsa ham uylanar edim” – deganlar.
4). Muoz ibn Jabalning ikki ayoli vaboga chalinib vafot etdilar. O‘zlari ham vaboga chalindilar. Shunda ham “Meni nikohlab qo‘yinglar. Chunki men Alloh taologa ayolimsiz ro‘baro‘ bo‘lishni hohlamayman” deganlar. (Musannafi Abi Shayba).
5). Mo‘’minlarning amiri Hazrati Umar roziyallohu anhu “Men faqat farzand talabidagina oila qurganman” – deganlar.
6). Hikoya qilinadiki sobiq ummat ichida zamonasi ahlidan ibodatda peshqadam bo‘lgan bir kishi bor edi. O‘sha zamon Payg‘ambariga uning go‘zal ibodat qilishi zikr qilindi. Shunda Payg‘ambar: “Sunnatni tark qilmaganda edi qandayam yaxshi kishi bo‘lar edi” dedilar. Buni eshitgach obid qattiq g‘amga botdi va bu borada Payg‘ambar alayhissalomdan so‘radi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam “Sen uylanish sunnatini tark qilgansan” dedilar. Obid: “Men nikohni harom deb bilmayman. Men faqirman va odamlarga yukman” dedi. Nabiy alayhissalom “Senga o‘z qizimni nikohlab beraman” deb nikohlab berdilar.
7). Bishr Ibn Xoris rahmatullohi alayhi “Ahmad Ibn Hanbal uch jihatdan mendan ustun bo‘ldi. Birinchisi shuki u o‘zi va oilasi uchun halol kasb qildi men esa faqat o‘zim uchun halol kasb qildim. Ikkinchisi u nikohni keng oldi men esa tor oldim (ya’ni u ayollarga uylandi men esa uylanmadim). Uchunchisi “U ommaga Imom bo‘ldi men esa yolg‘iz ibodatda bo‘ldim” –deganlar.
8). Naql qilinishicha Ahmad Ibn Hanbal rahmatullohi alayh Abdulloh o‘g‘lining onasi vafot qilganda ikkinchi kuni uylanib “Men so‘qqabosh bo‘lib tunashni hohlamayman” – deganlar.
9). Bishr Ibn Horisni vafotidan keyin yaqinlari u zotni tushida ko‘rib “Alloh sizga qanday muomala qildi” deb so‘raldi. Shunda u kishi Alloh taolo meni jannatdagi maqomimni baland qildi. Shu darajadaki pastdan Anbiyo alayhimussalomlarning maqomlarini ko‘rib turaman. Lekin shunda ham oila qurganlar maqomiga erisha olmadim” dedilar.
10). Ayni shu Bishr Ibn Horisdan tushda Abu Nasr Tammor haqida so‘ralganda u kishi mendan etmish daraja yuqoridalar dedi. Odamlar : “Dunyoda biz sizni u kishidan martabasi ulug‘ deb bilar edik” dedilar. Shunda Bishr “Bu maqomni unga bola chaqasi ko‘pligi va ularning g‘amiga sabr qilgani uchun berildi” dedi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 171 | Qur’oni karim