Junublikni unutib

Assalomu alaykum! Doktrga borgan edim, urolog huzuriga u erda tekshirish uchun mendan analiz olishdi. Men analizlarni topshirib uyga kelib analiz topshirganim esimda yo‘q junub holda taxorat olib nomoz o‘qidim. O‘qib bo‘lgach ancha vaqt o‘tgandan keyin analiz topshirganim yodimga tushib qoldi. Shu masalada nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Analiz topshirishda maniy shahvat bilan zarb bilan otilib chiqsagina g‘usl vojib bo‘ladi. Har doim maniy chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lavermaydi. Masalan yuk ko‘targan yoki balanddan sakraganda ham ba’zan maniy chiqib ketadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar