Najosat tegganda namoz

Assalomu alaykum! Bilishimcha najosat teggan kiyimda namoz o‘qib bo‘lmaydi, agar menda ichkiyimimga ozgina najosat teggan bo‘lsa va uni almashtirishka imkon bo‘lmasa (men kun bo‘yi ishdaman va uyga shom vaqtiga etib boraman), o‘sha najosat teggan joyini o‘zini yuvib tashlab namozni o‘qisam bo‘ladimi yoki uyga borib toza kiyim kiyib peshin va asr namozlarini qazo qilib o‘qiganim maqulrokmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kiyimning najosat tekkan erining o‘zini yuvib namoz o‘qisangiz bo‘ladi. Agar najosatni ketkazishning imkoni bo‘lmasa yoki pok kiyim topilmasa najosat miqdoriga qaraladi. Dirham miqdoridan oz bo‘lsa u bilan zarurat tufayli namoz o‘qish mumkin. Lekin bunday qilish makruhi tanzihiydir. Agar dirham miqdori bilan teng bo‘lsa makruhi tahrimiydir. Agar dirham miqdoridan katta bo‘lsa u bilan namoz o‘qish durust emas. Bunday holatda darhol barcha ishlarni to‘xtatib namoz uchun pok kiyim topish harakatini qilish zarur. Dirham miqdori qattiq najosatda 2.975 gram, suyuq najosatda piyolaning ketichalikdir. Vallohu a’lam!

20 Iyul 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar