Tariqatga bo‘lgan ixlosim
Assalomu alaykum! Avvalam bor nojo‘ya savol berayotgan bo‘lsam uzur so‘rayman. Men Tariqatdagi Pir, Murid va shunaqa boshqalar ya’ni so‘fiy qo‘l berish ularga shunaqa narsalarga ixlosim yo‘qroq. Menga shariat shu pir-muridlardan ko‘ra sahobai kiromlar ma’qulroq. Negadir shu tariqat mazhablariga ishongim va xushim kelmaydi. Bu narsani iymonim va dinimga tasiri yo‘qmi? Ularni pirlaridan madad so‘rashi, pirlarini ulug‘lashi har xil odatlari yoqmaydi. Chunki ko‘p joylarda shunaqa narsalarni eshtganman va o‘qiganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizning pir va murid kabilardan ko‘nglingiz qolishini asosi bor. Chunki hozirgi kunda juda ko‘p shu ishlarni da’vo qiluvchilar aslida bu ruhiy tarbiya va tazkiyatunnafs fanidan mutlaqo bexabarlar. Hatto ular tariqatni shariatdan alohida narsa qilib ham olganlar. Hadis oyatdan biror dalilni aytsangiz “Sizlarni aqlingiz etmaydi, bizni pirimizga ilhom bo‘ladi” deb shariatga xilof bo‘gan voqe’a va tushlarni dalil qilishadi. Aslida, nafsni tarbiyalash, uni poklash, go‘zal xulq bilan xulqlantirish oyat va hidslar ila sobit bo‘lgan. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa barcha fanlarning o‘z mutaxassisi bo‘lganidek ruhiy tarbiya fanining ham o‘z mutaxassislari bor. Boshqa fanlarning hammasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib ulansa bu fan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib taqaladi. Bu fanning ham o‘z madrasa va kitoblari bor, ta’lim yo‘nalishlari bor. Haqiqiy mutaxassisga murojaat qilsangiz keyin buni nima ekanligini tushunasiz. Mana bir misol Alloh taolo bandalarning suratiga qaramasligi, balki ularning qalbi va amallariga qarashligi hadislarda kelgan. Qalb gunoh tufayli dog‘lanib, zanglab qolishilari ham oyat va hadislarda kelgan. Uning jilovlovchi va poklovchisi zikr ekanligi ham hadislarda kelgan. Ruhiy tarbiya ustozlari esa xuddi badanning tabiblari kabi muolaja qiluvchilar xolos. Hamma ham o‘zini kasalligini aniqlashi va uni davosini qilishi mumkin bo‘lsada, lekin odatda tabibga murojat qiladi va tabibning ko‘rsatmalariga amal qilib davolanadi. Davolanish turli bosqichlarda bo‘ladi, gohida dorilar almashtiriladi. Xuddi shuningdek insonning qalbi ham bir uyga o‘xshaydi. Ko‘z, quloq, og‘iz va burunlar uning eshik va derazalariga o‘xshaydi. Hozirgi kunda ko‘z qalbning eshigi darajasidadir. O‘sha eshik va derazalardan uyga nima kirsa qalb o‘sha narsa bilan to‘ladi. Gohida uni ichiga insonlarga adovat, kibr, shahvatlarga berilish, nojo‘ya g‘azab, hasad, g‘iybat, chaqimchilik, badgumonlik kabi kasalliklar joylashib oladi. Inson esa o‘zini kasal bo‘lganini ham bilmay qoladi. Bilganlari ham undan qanday qutilish yo‘llarini bilishmaydi. Alloh taolo esa o‘sha qalbni tozalashga buyurgan. O‘sha qalbda nima borligini bilishning oddiy yo‘li inson o‘zining qalbini tekshirib ko‘rishi, buni fanda muroqaba deyiladi. Buning uchun inson bemalol o‘tirib olishi, ko‘zini yumishi va hamma narsani ununtib qalbiga nazar qilishi kerak bo‘ladi. Agar qalbi tinmay Allohni eslab, oxiratni eslab turgan bo‘lsa u qalb tirik, uyg‘oq va ichida Allohning yodi bo‘ladi. Agar Alloh yodiga kelmasdan turli xayol va fikrlar keladigan bo‘lsa, demakki u qalb boshqa narsalar bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. Buni tozalashning yo‘li 5-10 daqiqa o‘sha holda o‘tirib Allohni eslashlik bo‘ladi. Birinchi o‘tirganida 99% nopok xayollarni topadi. Shu vaqt 1%gina bo‘lsa ham Alloh taoloni eslasa qalb 1% tozalangan bo‘ladi. Shu ishni har kuni ikki marotabadan davom ettiraversa va qalbiga kelgan har narsani chiqarib tashlash harakatida bo‘lsa, masalan kimgadir hasadi bordir, fikr qilib “Bu noto‘g‘ri, Alloh bundan qaytargan, meni ham o‘shanaqangi ne’mat sohiblariga aylantirsin, hasad qilingan kishini ne’matini ziyoda qilsin” desa yana 1%ga qalbidan hasadni chiqargan bo‘ladi. Davom etaversa bir kun kelib 50% nopok xayollaru, 50% Alloh taoloning yodi bo‘lib qoladi. Shu ish bardavom bo‘lsa bir kun kelib qalbga qaraganda Allohdan boshqa hech narsa qolmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Har bir narsa zanglaydi, qalb ham zanglaydi. Uni zangini ketkazuvchi narsa Allohning zikridir” deganlar. Bu tozalov bilan birga parxez ham qilish kerak. Yomon narsaga ro‘baro‘ kelganida ko‘zni yumish, g‘iybat qilgisi qistaganida tilini tiyish, quloqlarini harom narsani eshitishdan saqlash xayol fikrlarni ham yaxshi narsaga burish kerak. Aks holda tozalangan qalbga yana badbo‘y najosat kirib joylashaveradi. Agar inson o‘zi kasalini aniqlay olmasa yoki aniqlasa ham davolana olmasa albatta ruhiy tabibga uchrashi kerak. Uni nazorati ostida bo‘lishi kerak. Sahobi kiromlar “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayrilib qolganlarida u zotni dafn qilib qo‘limizdan tuproqni qoqmasimizdan qalbimiz bizni inkor qilishni boshladi” deganlar. Shuning uchun har bir inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘ri bo‘lgan biror ustozning nazorati ostida bo‘lishi kerak. Ammo siz aytgandek boshqa pirlardan madad so‘rash, ularga atab jonliq so‘yishlar hammasi yo‘q narsalar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar