Tijoratdagi xiyla
Assalomu alaykum! Masala: Savdogar va ulov egasi bor. Ulov egasi savdogarga asli bozorda narxi $10 000 so‘mlik mashinani $5000 so‘mga sotib, 10 kun ichida hech kimga sotmay tur. Man buni sandan o‘zim qaytarib sotib olaman. 10 kundan oshsa istagan insoniga o‘zi xohlagan narxiga sotaverasan, deyapti. Savdogar ertaga ulov egasiga mashinasini qaytib $10000 ga emas $5500 ga sotmoqchi. Bu mashina egasi ham tahminiy hisobda biladi. Lekin aniq narxni savdogar insof bilan chiqaradi. Savol: Shu 10 kunlik qaytarib olish kelishuvi asosida mashinani yarim narxiga qilinayotgan savdo halolmi? Ulov egasi bu ishi bilan suthorlikni hiyla usulda halollab olayotganday ko‘rinayotgani uchun savdogar tomonidan ushbu savol yo‘llanyapti. Ulov egasi, biz buni ahli ilmlardan so‘rab joiz degani uchun aytyapmiz, deyishyapti. Agar bunga fiqhiy misollar bo‘lsa yoki shu kabi masalalarni manbaalarini, kitoblarni aytsalar, biz savdo xodimlar haromga aralashmasdan halol yo‘lda bardavom bo‘lishimizda yordam bersalar, degandik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu riboga hiyladir. Joiz emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu riboga hiyladir. Joiz emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat