Avtohamkor

Assalomu alaykum! Avtohamkor degan lizing kompaniya ochildi. 3 Ular 3 yilga bo‘lib to‘lashga mashina beradi. Shartlari: mashinaning 25% summasini shartnoma qilish vaqtida to‘laysiz va bu to‘lov mashina narxidan ayrilmaydi. Ularni foydasiga qoladi. Keyin 90 ish kunida sizga mashina etkazib beradi. Mashina etkazib bergan paytda 10% komissiya to‘laysiz. Notarius orqali nomizga rasmiylashtirib beradi va 100% mashina narxini 36 oyga bo‘lib oyma oy to‘lab borasiz. Belgilangan kundan o‘tib ketsa 0.4% ustama bor va bu ustamadan tushgan pullarni hayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berishadi. Bu ish joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Chunki 25% hech narsadan hech narsa yo‘q to‘lanmoqda. Evazsiz olingan har bir tiyin ribo hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar