Namoz vaqtlari haqida

Assalomu alaykum! Yaqin kunlarda islom uz saytini programmasini telefonimga yuklab olgandim, bundagi namoz vaqti bilan muslim taqvimidagi vaqtlar to‘g‘ri kelmayapti. Meni o‘ylantirgan narsa bomdod namozini vaqti 1.5 soat xisoblanardi, asr va shomning orasidagi vaqt 2soat va shom bilan xuftonning orasi esa 1.5 edi, lekin xozir o‘zgarib ketdi. Bunga tushinaolmayapman, muslim taqvimidan foydalanmaylikmi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalgi taqvim xato deb qabul qilindi. Siz dunyoning ishonchli taqvimlaridan hanafiy mazhabida namoz o‘quvchilarning usuliga qo‘yib foydalaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar