Miskinlarni taomlantirish
Assalomu alaykum! Biz chet elda yashaymiz. Bu erda uysiz odamlar bor, lekin ular musulmon emas. O‘sha odamlarni taomlantirganimiz yaxshimi yoki musulmon odamni topib berib berish kerakmi? Qaysi biri afzalroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda insonning zotidan nafratlanish yo‘q. Qilayotgan amali, e’tiqodiga munosabat bildirish mumkin. Hayvonga qilingan ishning mukofoti quyidagidek bo‘lganida odamga qilinganini ajr-savobi bundanda yuqori bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنَّ رَجُلًا رَأَى كَلْبًا يَأْكُلُ الثَّرَى مِنَ الْعَطَشِ، فَأَخَذَ الرَّجُلُ خُفَّهُ فَجَعَلَ يَغْرِفُ لَهُ بِهِ حَتَّى أَرْوَاهُ، فَشَكَرَ اللهُ لَهُ فَأَدْخَلَهُ الْجَنَّةَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi tashnalikdan nam tuproqni yalayotgan itni ko‘rib qoldi. Shunda u odam mahsisiga suv olib, unga bera boshladi, nihoyat uni qondirdi. Shunda Alloh undan rozi bo‘ldi va jannatga kiritdi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar